date
views 313

Mahmud Abbos arab davlatlari yetakchilari bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Mahmud Abbos arab davlatlari yetakchilari bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: Sean Gallup / Getty Images

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Iordaniya qiroli Abdulloh II, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida «Isroil hujumlarini to‘xtatish imkoniyatlari» muhokama qilingan.

Muhammad ibn Salmon bilan suhbatda Abbos Ar-Riyodga «o‘zgarmas pozitsiyasi va Falastin xalqini kuchli qo‘llab-quvvatlagani uchun» minnatdorchilik bildirdi.

Saudiya valiahd shahzodasi, o‘z navbatida, uning mamlakati «Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashda hamda tinchlik va barqarorlikni tiklash uchun barcha zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishda» davom etishiga ishontirdi.

Qatar va Iordaniya rahbarlari bilan muzokaralar chog‘ida Mahmud Abbos «Isroil armiyasining Falastin shahar va qishloqlariga, birinchi navbatda, G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatishga» hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan hamkorlikning o‘ta muhimligini ta’kidladi.

Falastin prezidenti, shuningdek, G‘azo sektoriga tibbiy va humanitar yordam yetkazilishi zarurligini aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, «mintaqada o‘sib borayotgan muammolarning yagona yechimi - poytaxti Quddus bo‘lgan Falastin davlati hududini Isroil tomonidan bosib olinishiga barham beradigan siyosiy kelishuv».

Qatar va Iordaniya yetakchilari mintaqadagi vaziyatni yumshatish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga, shu maqsadda mintaqaviy va xalqaro darajada barcha manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mahmud Abbos arab davlatlari yetakchilari bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi