Zelenskiy: “Rossiya HAMAS harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlardan biri”

Zelenskiy: “Rossiya HAMAS harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlardan biri”

Foto: Focus.ua

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya HAMAS guruhi harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlardan biri.

UNIAN axborot agentligi muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari Buxarestda Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan qo‘shma matbuot anjumanida shunday dedi.

“HAMAS ortida kim turibdi? Menimcha, javob juda oddiy: ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar. Ko‘rib turibmiz — ular HAMASni omma oldida qo‘llab-quvvatlayapti, qurol bilan qo‘llab-quvvatlayapti. Bu uzoq vaqtdan beri davom etyapti”, — dedi Zelenskiy.

“Ijtimoiy tarmoqlarda ham tegishli signallarni kimlar berayotganini ko‘rishingiz mumkin. Biz ishonamizki, Rossiya — HAMASga yordam berayotgan davlatlardan biri”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida Ukrainaga berilgan qurollar Isroilda faol qo‘llanayotgani, keyin esa barcha qaynoq nuqtalarda nazoratsiz qo‘llanishi mumkinligini yozgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar