date
views 335

Erdo‘g‘on Isroilni o‘zini tashkilot sifatida emas, balki davlat sifatida tutishga chaqirdi

Erdo‘g‘on Isroilni o‘zini tashkilot sifatida emas, balki davlat sifatida tutishga chaqirdi

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Falastin—Isroil keskinlashuvi fonida Tel-Avivni o‘zini tashkilot sifatida emas, balki davlat sifatida tutishga chaqirdi.

Isroil esda tutishi kerakki, agar u o‘zini davlat kabi emas, balki tashkilot kabi tutsa, oxir-oqibat unga tashkilotdek munosabatda bo‘lishadi”, — dedi Turkiya rahbari Anqarada o‘tgan yig‘ilishda.

Unga ko‘ra, Turkiya Isroil hududida tinch aholining o‘ldirilishiga qarshi.

Shu bilan birga, biz G‘azoda ham begunoh odamlarning o‘ldirilishini qabul qila olmaymiz”, — dedi Turkiya prezidenti.

Kecha 10 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Isroilga mudofaani tashkil qilishda xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga rioya qilish zarurligini eslatib o‘tgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Isroilni o‘zini tashkilot sifatida emas, balki davlat sifatida tutishga chaqirdi