date
views 1 099

Britaniya tashqi ishlar vaziri qochishga majbur bo‘ldi

Britaniya tashqi ishlar vaziri qochishga majbur bo‘ldi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Isroilning janubidagi Ofakim shahriga tashrif buyurganida, HAMAS guruhi tahdidi sabab qochishga majbur bo‘ldi.

X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Tvitter) e’lon qilingan kadrlarda Kleverli sirenalar chalinayotganda bombapanohga yugurayotganini ko‘rish mumkin.

Tashqi ishlar vazirligi rahbari chorshanba kuni Isroilga kelgandi. U Isroilning yuqori martabali rahbarlari va XAMAS hujumlaridan jabrlanganlar bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya, boshqa Yevropa davlatlari kabi, Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatish joizki, 7 oktyabrdan boshlab Isroil va G‘azo sektorida vaziyat o‘ta keskinlashdi. HAMAS guruhining hujumiga javoban Isroil G‘azoga misli ko‘rilmagan darajada hujumlar uyushtirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya tashqi ishlar vaziri qochishga majbur bo‘ldi