date
views 726

Bayden Tehronni “ehtiyot bo‘lishga” chaqirdi

Bayden Tehronni “ehtiyot bo‘lishga” chaqirdi

Foto: AP Photo

AQSH prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Eron Isroildagi urush borasida o‘z harakatlaridan ehtiyot bo‘lishi kerak. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Bayden bu mavzuda Amerika yahudiylar jamiyati yetakchilari bilan davra suhbatida gapirgan.

Uning ta’kidlashicha, Eron Amerika harbiy kemalari va samolyotlarining Isroil qirg‘oqlari yaqiniga joylashtirilishini “ehtiyot bo‘lish” belgisi sifatida ko‘rish kerak.

Biz eronliklarga aniq qilib aytganmiz: ehtiyot bo‘ling”, — ta’kidladi Bayden.

Avvalroq AQSH HAMASning Isroilga hujumi tufayli o‘zining samolyot tashuvchi kemalar guruhini O‘rta Yer dengizining sharqiy qismiga jo‘natgan edi.

Bayden HAMAS tomonidan Isroilga uyushtirilgan hujumlarini “terrorchilik harakati” deb atagan va Isroil javob berishga “to‘liq haqli” ekanini ta’kidlagan.

AQSH prezidenti har qanday uchinchi davlat yoki tashkilotni Falastin va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotganidan foydalanishga urinishdan qaytishga chaqirgan.

Tehron HAMAS jangchilarining Isroilga hujumini qo‘llab-quvvatlagan va bu harakatlarni “bosqinchilar”ga qonuniy qarshilik deb atagan. Ammo Eron HAMASning Isroilga qilgan hujumini rejalashtirish yoki uni amalga oshirishga aloqadorligini rad etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Tehronni “ehtiyot bo‘lishga” chaqirdi