date
views 249

Isroil armiyasi tunda G‘azoni bombardimon qildi (video)

Isroil armiyasi tunda G‘azoni bombardimon qildi (video)

13 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil harbiylari G‘azo sektori bo‘ylab 750 ta nishonga zarba berdi, deyiladi Isroil mudofaa kuchlarining ijtimoiy tarmoqlariga joylangan xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba berilgan nishonlar orasida yerosti tunnellari, qurol-yarog‘ omborlari, HAMASning yuqori martabali a’zolarining uylari va boshqa obyektlar bor.

Harbiy samolyotlar G‘azoda HAMAS tomonidan foydalanilayotgan 12 ta ko‘p qavatli binoga baravariga zarba berdi, deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

The Times of Israel nashrining Isroim armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagariga tayanib xabar berishicha, Isroil mudofaa kuchlari G‘azo fuqarolariga shaharni tark etishni buyurgan.

Biz G‘azo xalqiga emas, terrorchi guruhga qarshi kurashyapmiz. Biz tinch aholi jabr ko‘rmasligini ta’minlashni istaymiz, biroq chegaramiz yaqinida HAMAS-ISHID bilan yashay olmaymiz”, — dedi Hagari jurnalistlar bilan telefon suhbatida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tinch aholi evakuatsiya qilinganidan so‘ng Isroil “erkinroq” ish ko‘ra oladi, bu esa HAMASga jiddiyroq zarar yetkazishiga imkon beradi.

Isroil armiyasining evakuatsiya haqidagi talabini dastlab BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar G‘azodagi BMT vakillarini tinch aholi 24 soat ichida janubga evakuatsiya qilinishi kerakligi haqida xabardor qilgan.

BMT ushbu buyruqni bekor qilishga chaqirib, gap bir milliondan ortiq odamni ko‘chirish haqida ketayotganini ta’kidlagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bunday transferni halokatli gumanitar oqibatlarsiz amalga oshirish imkonsiz, deb hisoblaydi”, — deb qo‘shimcha qildi Dyujarrik.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi tunda G‘azoni bombardimon qildi (video)