date
views 253

Isroil armiyasi G‘azo sektorida reyd o‘tkazdi

Isroil armiyasi G‘azo sektorida reyd o‘tkazdi

Foto: Reuters

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektorida bir necha mahalliy reydlar o‘tkazdi. Bu haqda Fox News telekanali Isroil qo‘shinlari vakillariga tayanib xabar berdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 13 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlarining piyoda qo‘shinlari va tanklari G‘azo sektoriga kirib borgan. Shu bilan birga, SAXAL bu harakatlar avval e’lon qilingan quruqlikdagi operatsiyaning bir qismi emasligini ta’kidladi.

«SAXAL xabariga ko‘ra, uning piyoda askarlari va tanklari mahalliy reydlar o‘tkazish uchun G‘azo sektoriga kirgan», deyiladi telekanal materialida.

Avvalroq, Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo sektori tinch aholisini o‘z xavfsizligi uchun mintaqa janubiga ko‘chib o‘tishga chaqirgan, SAXAL shaharda «faol harakat qilishini» va tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralarni ko‘rishga va’da bergan edi.

O‘z navbatida, BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Isroil Mudofaa vazirligi va SAXAL 1,1 million g‘azolikni 24 soat ichida janubga ko‘chib o‘tishi talabi haqida tashkilotni xabardor qilganini aytdi.

Dyujarrikning ta’kidlashicha, BMT «bunday ko‘chishni halokatli gumanitar oqibatlarsiz imkonsiz deb biladi». «Biz bu bir necha kun davom etishini tushunamiz», dedi SAXAL vakili Daniel Xagariy bu so‘zlarga javoban.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi G‘azo sektorida reyd o‘tkazdi