date
views 288

AQSH Shimoliy Koreyani Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

Foto: Reuters

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi Shimoliy Koreya tomonidan Rossiyaga qurol-yaroq yetkazib berilishini “xavotirli” deb atadi.

Oq uy isbot sifatida Shimoliy Koreyada ekani aytilgan ombordagi o‘q-dorilar partiyasi suratini e’lon qilgan. Snaryadlar Rossiya bayrog‘i ostida suzgan kemaga yuklangan, keyin esa mamlakatning janubi-g‘arbiy chegarasidagi omborga yetkazilgan. AQSH ma’lumotlarda ko‘ra, KXDR 7-sentyabrdan 1-oktyabrga qadar harbiy o‘q-dorilar ortilgan 1000 dan ortiq konteynerni yuborgan.

 “Biz KXDRni Ukraina shaharlarga hujumlar, tinch aholining o‘ldirilishi va noqonuniy urushning davom ettirilishiga xizmat qiladigan harbiy texnikalarni Rossiyaga yetkazib berayotganini qoralaymiz”, — deydi Kirbi.

Rossiya va KXDR o‘rtasida yuk tashuvlari hajmi keskin oshgani haqida avvalroq Beyond Parallel tahliliy loyihasi yozgandi. Sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar tahlili ham bundan dalolat bermoqda. Masalan, KXDRning Rossiya bila bilan chegarasidagi Tumangan temiryo‘l punktida 73 ta yuk vagoni qayd etilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sentyabr oyi o‘rtalarida Rossiyada qariyb bir haftalik tashrif bilan bo‘ldi. Safari davomida u Putin bilan uchrashdi, Rossiyaning ilg‘or aviatexnologiyalari bilan tanishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Shimoliy Koreyani Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi