11:35 / 16.10.2023
715

Bayden AQSH nima uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotganini tushuntirdi

Bayden AQSH nima uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotganini tushuntirdi

AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashidan maqsad — Vashington mojaro Yevropada katta urushga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni xohlaydi. Bu haqda prezident Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya Ukraina bosib olsa, AQSHning NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan chegaraga keladi.

Yevropada biz (AQSH) ishtirok etmagan biror yirik mojaroni bilasizmi? Yana shunday bo‘lishini istamaymiz. Biz (Yevropadagi) demokratiya barqaror ekaniga ishonch hosil qilishni istaymiz. Bunda esa Ukraina asosiy rol o‘ynaydi”, — dedi Amerika prezidenti.

2022 yil fevralidan beri AQSH boshqa G‘arb davlatlari bilan birgalikda Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda. Vashington Kiyevni qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ta’minlaydi. 15 oktyabr kuni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Isroilga yana 2 milliard dollardan ortiq yordam ajratish bo‘yicha kelishib olishni rejalashtirayotganini aytdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo