00:21 / 17.10.2023
136

BMT Isroilning G‘azoga bergan avvalgi zarbalarini harbiy jinoyat deb atadi

BMT Isroilning G‘azoga bergan avvalgi zarbalarini harbiy jinoyat deb atadi

Foto: AP

Isroil Mudofaa Kuchlari (SAXAL) tomonidan 2021 yil mayidan 2023 yil avgustigacha bo‘lgan davrda G‘azoga bergan zarbalari harbiy jinoyat hisoblanadi. Bunday xulosalar Isroildagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha BMT komissiyasi hisobotida keltirilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Isroilning [G‘azo sektoriga] zarbalari oqibatida yetkazilgan zarar va qurbonlar [HAMAS ustidan] harbiy ustunlikka mutanosib emas edi, shuning uchun bu harakatlar harbiy jinoyat hisoblanadi», deyiladi hisobotda.

Komissiya, shuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamini olib kirishni taqiqlashni «xalqaro huquqning buzilishi» deb atadi.

Komissiyaning aniqlik kiritishicha, hujjat ustidagi ishlar 2023 yil oktyabr oyida boshlangan ziddiyatdan oldin yakunlangan va 2021 yil may – 2023 yil avgustgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo