08:10 / 17.10.2023
207

Belgiyada Shvetsiya terma jamoasining ikki muxlisi otib ketildi

Belgiyada Shvetsiya terma jamoasining ikki muxlisi otib ketildi

Bryusselda Shvetsiyaning ikki fuqarosi Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘yin kunida otib ketildi.

Associated Press nashri xabar berishicha, 16 oktyabr kuni kechasi Belgiya poytaxti markazida Shvetsiya terma jamoasining ikki muxlisi otib ketilgan. Yana bir kishi jarohatlangan.

Bu vaqtda esa Belgiya va Shvetsiya terma jamoalari voqea sodir bo‘lgan joydan 5 km uzoqlikda — “Qirol Boduen” stadionida o‘yin o‘tkazayotgan edi. Ikki muxlis aynan o‘yin uchun kelgani yoki yo‘qligi borasida ma’lumotlar yo‘q. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan, hozirda politsiya uni qidirmoqda.

Laatste Nieuws'ning ma’lum qilishicha, ular haqiqatan ham Shvetsiya terma jamoasining muxlislari.

Belgiya va Shvetsiya o‘rtasidagi o‘yin birinchi bo‘limdan so‘ng (1:1) to‘xtatib qo‘yildi. Stadiondagi 35 ming muxlis tashqariga chiqarilmayapti. O‘yinni davom ettirish taklifi ham berilgan, biroq bu futbolchilar uchun juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi hisobga olinib, bu taklif rad etilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo