Isroil konsulxonasi binosi atrofida bir necha ming kishi yig‘ilgan Emrah Gurel / AP / Scanpix / LETAIsroil milliy xavfsizlik kengashi Turkiyada isroilliklarga hujum qilinishi xavfi yuqori ekanini ma’lum qilib, mamlakat fuqarolarini zudlik bilan bu yerni tark etishga chaqirgan. Burak Kara / Getty ImagesKonsulxonaga mushaklar tashlangan, ayrim namoyishchilar diplomatik missiya hududiga bostirib kirishga uringan. NBC News xabarigako‘ra, turk politsiyasi bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun suv purkagich va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llagan. Burak Kara / Getty ImagesIsroilning Istanbuldagi konsulligi atrofidagi aksiyadan tashqari, Amerikaning «Makdonalds» restoraniga hujum uyushtirilgan. Burak Kara / Getty Images
Bayrut, Livan
Bayrut markazida falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan aksiyada minglab kishilar to‘plandi. Anwar Amro / AFP / Scanpix / LETANamoyishchilar AQSh elchixonasiga kelishdi. Ular Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytishgan. Joseph Eid / AFP / Scanpix / LETAO‘zi bilan Falastin bayroqlarini olib kelgan namoyishchilar ularni Amerika elchixonasi devorlariga ilib qo‘yishgan. Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETALivanda katta ta’sirga ega bo‘lgan «Hizbulloh» G‘azodagi shifoxonaga zarba berilishiga javoban «g‘azab kuni» e’lon qilgan. Joesph Eid / AFP / Scanpix / LETAAQShning Bayrutdagi elchixonasi atrofida yig‘ilgan namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Politsiya ularni tarqatish uchun maxsus vositalarni qo‘llagan. Joseph Eid / AFP / Scanpix / LETALivan va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilmagani tufayli mamlakat poytaxti Bayrutda Isroil elchixonasi yo‘q. Aksiyalar AQSh elchixonasidan tashqari Fransiyaning Bayrutdagi elchixonasi va BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi shtab-kvartirasi oldida ham o‘tkazildi. Bilal Hussein / AP / Scanpix / LETA
Nablus va Ramalloh, Iordan daryosi G‘arbiy sohili
Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Nablus shahrida, bu yerda hokimiyat Mahmud Abbos rahbarligidagi FATH harakati qo‘lida, namoyishchilar G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS bayroqlarini ko‘tarib chiqishgan. Zain Jaafar / AFP / Scanpix / LETARamallohda namoyishchilar yonuvchi modda solingan butilkalar va toshlar uloqtirib, yo‘llarni to‘sishga harakat qildi Issam Rimawi / Anadolu / Vida Press
Rabot, Marokash
Marokash poytaxti Rabotdagi aksiya parlament binosi oldidagi maydonda o‘tkazildi. Namoyishchilar Isroil bayroqlarini yoqishdi. Jalal Morchidi / EPA / Scanpix / LETA
Tehron, Eron
Amerikaning ham, Isroilning ham diplomatik missiyasi mavjud bo‘lmagan Eron poytaxtida namoyishchilar Fransiya elchixonasiga kelishdi. Uning devorlariga Isroilga qarshi shiorlar yozib ketildi. Abedin Taherkenareh / EPA / Scanpix / LETATehronda namoyishchilar Buyuk Britaniya elchixonasi oldida ham to‘plangan. Abedin Taherkenareh / EPA / Scanpix / LETAFransiyaning Erondagi elchixonasi tomon tuxumlar uloqtirildi. Atta Kenare / AFP / Scanpix / LETA
Tunis
Tunisda ham namoyishchilar Fransiya elchixonasi oldiga kelishdi. Ular Falastinni qo‘llab-quvvatlab, Isroil va AQShga qarshi shiorlar aytishdi. Namoyishlar tufayli AQSh Davlat departamenti Amerika fuqarolarini o‘ta ogoh bo‘lishga, namoyishlar o‘tkazilayotgan va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq bo‘lishga, shuningdek «safar rejalarini o‘zgartirishga tayyor bo‘lish»ga chaqirdi. Fethi Belaid / AFP / Scanpix / LETAFransiya elchixonasi atrofidagi to‘siqlardan o‘tishga urinayotgan namoyishchilar Yassine Gaidi / Anadolu / Vida Press
Berlinda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, Brandenburg darvozasi oldida namoyish o‘tkazildi. DW aksiya ishtirokchilari va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bergani haqida xabar bergan. Berlinning Noykyoln tumanida namoyishchilar ko‘chalarni «yondirilgan buyumlar» bilan to‘sgan va yetib kelgan politsiyachilarni toshbo‘ron qilgan. Omer Sercan Karkus / Anadolu / Vida Press
Jirona, Ispaniya
Ayirmachilik harakati kuchli bo‘lgan Kataloniyaning Jirona shahridagi namoyishga 500 dan ortiq kishi yig‘ildi. Gloria Sanchez / Contacto / ZUMA Press / Scanpix / LETANorozilik aksiyasi ishtirokchilari Jirona meriyasi balkoniga yig‘ildi. Gloria Sanchez / Contacto / ZUMA Press / Scanpix / LETAJirona meriyasida Falastin bayrog‘i va «Falastinga ozodlik» yozuvi tushirilgan banner osib qo‘yildi. Gloria Sanchez / Contacto / ZUMA Press / Scanpix / LETA
AQSh
Vashington markazidagi aksiyada ham Falastin, ham Isroilning tarafdorlari bir vaqtning o‘zida to‘plandi. Voqea joyida olingan suratlarda ko‘rish mumkinki, Isroil tomonida bo‘lgan namoyishchilar soni falastinliklarni qo‘llovchilar sonidan ancha kam bo‘lgan. Spencer Platt / Getty Images / AFP / Scanpix / LETANyu-Yorkda namoyishchilar namoyishga chiqqanlarning qo‘llaridagi plakatlarda «Daryodan dengizgacha Falastin» yozuvi aks etgan. Fatih Aktas / Anadolu / Vida Press