00:11 / 24.10.2023
144

Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishiga rozilik beruvchi bayonnomani imzoladi

Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishiga rozilik beruvchi bayonnomani imzoladi

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 23 oktyabr kuni Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishiga rozilik beruvchi bayonnomani imzoladi. Endi u Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

Avvalroq, Turkiya prezidenti Shvetsiya poytaxtida Qur’onni yoqib yuborish bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, Stokholmdan kurd qochqinlari va turk muxolifatchilarini topshirish haqidagi talabi qondirilmagani bois, «Shvetsiya NATO a’zosi bo‘lishni unutishi» kerakligini aytgan edi. Alyans a’zoligiga qabul qilinish uchun uning barcha a’zolari roziligi talab qilinadi.

2023 yil iyul oyida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Erdo‘g‘anning Shvetsiya arizasini qo‘llab-quvvatlashi haqida kelishuvga erishganini aytdi. Bu qaror Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan muzokaralar yakunida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin Finlyandiya va Shvetsiya NATO a’zosi bo‘lish uchun ariza berdi. 4 aprel kuni Finlyandiya rasman Shimoliy Atlantika alyansining 31-a’zosiga aylandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo