Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyning uzoq masofali qanotli raketalarini erta aniqlash uchun ufqdan tashqari radar tizimlarini qurishni rejalashtirmoqda, ammo ularni qanday urib tushirishni bilmaydi. Bu haqda Yorktaun institutining Xavfsizlik siyosati markazi katta ilmiy xodimi Stiven Brayen Weapons and Strategy portalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Qo‘shma Shtatlar kamida 20 yil ichida birinchi marta to‘rtta ufqdan tashqari radar tizimini qurish va o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Kanada shimoli-g‘arbiy mintaqasi uchun ikkita qo‘shimcha tizim sotib olishni rejalashtirmoqda”, — deb yozadi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, olingan oltita tizim Rossiya va Xitoyning uzoq masofali qanotli raketalarini erta aniqlash va kuzatish qobiliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Vaholanki Qo‘shma Shtatlar ularni qanday urib tushirish bo‘yicha hali aniq rejaga ega emas.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring