00:02 / 28.10.2023
345

Isroil armiyasi G‘azoni kuchli o‘qqa tutishni boshladi. Asosiy ma’lumotlar

Isroil armiyasi G‘azoni kuchli o‘qqa tutishni boshladi. Asosiy ma’lumotlar

Foto: AFP

Isroil G‘azo sektorida quruqlik operatsiyasini kengaytirmoqda, dedi Isroil armiyasi vakili Daniel Hagariy. 27 oktyabr oqshomida Isroilda, shuningdek, G‘azo sektorida janglar avj oldi.

Isroil shaharlari aholisi ommaviy o‘qqa tutishlar haqida xabar bermoqda. Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Tel-Avivda havo hujumidan ogohlantiruvchi sirena uch marta yangragan. Shuningdek, kun davomida raketa shahardagi turar-joy binosiga kelib urilgani oqibatida 4 kishi yaralangan.

Ko‘p o‘tmay, OAV G‘azo sektori kuchli o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Fox News muxbiri Trey Ingst so‘zlariga ko‘ra, bu 17 oktyabrdan beri eng ommaviy zarbalardir. Al Jazeera ham xuddi shu mazmundagi xabarni berdi: «G‘azo urush boshlanganidan beri quruqlik, dengiz va havodan eng kuchli bombardimonlarga guvoh bo‘lmoqda». G‘azoning shimoliy qismiga kuchli zarbalar berilgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, butun G‘azo bo‘ylab internet va aloqa uzilib qolgan, deb xabar berdi HAMAS rasmiylarga tayanib AFP. Mustaqil Netblocks servisi ham G‘azoda internetga ulanishlar soni keskin kamayganini ma’lum qildi.

Harbiy ekspertlar Isroilning ikki haftadan buyon aytilayotgan hujumining ehtimoliy boshlanishi haqida yozmoqda, garchi bir oz oldin Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu tegishli buyruqni imzolamagani, chunki harbiy rahbariyat uni yakdil ma’qullamagani haqida xabar berilgan bo‘lsa-da.

Buni bilvosita Isroil ommaviy axborot vositalari ham tasdiqlayapti, chunki, ularning yozishishcha, Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi bir nechta shifoxonalarga garovga olingan isroilliklarni qabul qilish mumkin bo‘lgan palatalarni tayyorlashni buyurgan. Bular Beer Shevadagi «Soroka» shifoxonasi, Ramat Gandagi «Sheba» shifoxonasi, Xolondagi Volfson tibbiyot markazi va Petah-Tikvadagi Shnayder tibbiyot markazi.

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, ushbu buyruq ozod qilingan mahkumlarga yordam ko‘rsatishning potensial ehtiyojiga umumiy tayyorgarlikning bir qismidir, ammo ularning tezda ozod qilinishi haqidagi aniq ma’lumot olish natijasi emas.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo