date
views 370

Dunyodan uzilgan G‘azo sektorida nimalar sodir bo‘lmoqda?

Dunyodan uzilgan G‘azo sektorida nimalar sodir bo‘lmoqda?

Isroil G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operatsiyalar ko‘lamini kengaytirayotganini ma’lum qildi.

Falastin-Isroil mojarosining so‘nggi voqealari haqida qisqacha:

  • HAMAS vakili Isroilning 5 kun hujumlarni to‘xtatib turishi evaziga asirga olingan xorijliklar ozod qilinishini bildirdi;
  • G‘azo sektorida aloqa va internet ishlamay qoldi;
  • G‘azo sektori mojaro boshlangan paytdan beri «eng kuchli o‘qqa tutilishi»ni boshidan kechirmoqda;
  • Isroil G‘azo sektorini tanklarda ham o‘qqa tutishni boshladi;
  • G‘azo sektori tashqi dunyodan butunlay uzilgan, dedi Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati vakili;
  • G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish qarori garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin qabul qilingani aytildi;
  • Qo‘shma Shtatlar Isroilni G‘azodagi to‘liq miqyosdagi quruqlikdagi operatsiyadan voz kechishga ishontirishga harakat qilmoqda, buning o‘rniga ko‘proq «maqsadli» havo hujumlariga e’tibor berishini so‘rayapti;
  • HAMAS harakati BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyusiya qabul qilinganini olqishladi, biroq Isroil bu rezolyusiyani rad etib, HAMASni yo‘q qilmoqchiligi bildirdi;
  • Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridagi aholi punktlariga qator hujumlar uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.
  • Isroil armiyasi bir kechada G‘azo sektori shimolidagi 150 ta yer osti nishoniga, jumladan tunnellar va boshqa yer osti infratuzilmalariga zarba berganini aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodan uzilgan G‘azo sektorida nimalar sodir bo‘lmoqda?