08:13 / 01.11.2023
368

Pentagon rahbari: AQSH yordamisiz Ukraina urushda Rossiyaga yutqazadi

Pentagon rahbari: AQSH yordamisiz Ukraina urushda Rossiyaga yutqazadi
Foto: Reuters

Agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qurol bilan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, Rossiya urushda g‘alaba qozonadi. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Senatda gapirdi. U Jo Baydenning Ukraina, Isroil va Tayvanning xavfsizlik ehtiyojlari uchun 106 milliard dollarlik yordam so‘rovi muhokama qilinayotgan paytda shu so‘zlarni aytdi.

«Isroilda ham, Ukrainada ham demokratik davlatlar o‘zini yo‘q qilmoqchi bo‘layotgan shafqatsiz dushmanlarga qarshi kurashmoqda. Biz HAMAS yoki Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Kafolat beramanki, agar Ukrainaga yordamlashmasak, Putin muvaffaqiyatga erishadi. Agar hozir ukrainaliklarning oyog‘i ostidan gilamni tortib olsak, Putin faqat kuchayadi va xohlagan narsasiga erishadi», dedi Ostin.

Uning ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida global xavfsizlik ko‘p jihatdan Ukraina va Isroildagi urush natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Ostinning so‘zlariga ko‘ra, faqat «Amerikaning qat’iy rahbariyati» «hamma joyda zolimlar, diktatorlar va terrorchilar» ko‘proq tajovuzkorlik qilishga intilmasligini ta’minlaydi.

AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken uning fikriga qo‘shildi va 106 milliard dollarlik yordam paketi hech qanday holatda Ukraina, Isroil va Tayvan uchun alohida paketlarga bo‘linmasligi kerakligini aytdi.

«Agar biz bu paketni qismlarga bo‘lsak, ular (Moskva va Tehron) bema’nilik qilayotganimizni tushunadi va tobora hamkorlik qilib, xavfsizligimiz, ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz xavfsizligiga tahdid yaratadi», dedi u.

Oktyabr oyi boshida Senat Qo‘shma Shtatlarning muvaqqat budjetini qabul qildi, undan Ukrainaga harbiy yordam uchun xarajatlar butunlay olib tashlandi. Bu Ukrainaga yordam berishga qat’iyan qarshi bo‘lgan ba’zi trampchi-respublikachilarning pozitsiyasi tufayli sodir bo‘ldi.

Falastin-Isroil mojarosining navbatdagi keskinlashuvi boshlanganidan so‘ng, Jo Bayden Ukraina, Isroil va Tayvanga yordamni bir paketga birlashtirish va bu qarorni Kongress orqali shu shaklda o‘tkazishni taklif qildi. Rejaga ko‘ra, ular Ukrainani har qanday qo‘llab-quvvatlashdan mahrum qilmoqchi bo‘lgan, biroq Isroilga yordam berishni istagan trampchilarning qarshiligini shunday yengib o‘tishni rejalashtirgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo