09:23 / 04.11.2023
102

Isroil armiyasi G‘azoda tez yordam mashinasiga hujum qildi

Isroil armiyasi G‘azoda tez yordam mashinasiga hujum qildi

Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati Isroil havo kuchlarining Al-Shifa markaziy kasalxonasi yaqinida tez yordam mashinalari karvoniga uyushtirgan hujumi natijasida 15 kishi halok bo‘lgani va 60 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Tashkilot bayonoti X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

Isroil armiyasi G‘azo sektorida tez yordam mashinasiga havodan zarba berganini tasdiqlab, tez yordam avtomobilidan HAMAS foydalanganini aytmoqda.

«Biz bu hududda urush harakatlari olib borilayotganini eslatib o‘tamiz. Mintaqada tinch aholi o‘z xavfsizligi uchun janubga evakuatsiya qilishga bir necha bor chaqirilgan», – deya ta’kidladi Isroil harbiylari.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning G‘azo sektorida tez yordam mashinalariga zarba bergani haqidagi xabarlardan hayratga tushganini bildirgan.

Guterrish, shuningdek, anklavdagi vaziyat dahshatli ekanligini, oziq-ovqat, suv va dori-darmon yetishmayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektoridagi «Al-Ahli» shifoxonasiga Isroil tomonidan berilgan raketa zarbasi oqibatida 800 nafardan ziyod begunoh odam halok bo‘lgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo