Foto: REUTERS/Turar Kazangapov
Rossiya Qozog‘istonni nafaqat oddiy ittifoqchi, balki eng yaqin ittifoqchisi deb biladi. Bu haqda Ostonaga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.
«Biz Rossiya va Qozog‘iston ittifoqchi ekanligini aytmoqdamiz. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, har qanday holatda ham biz Rossiyada bunga shunday ko‘z bilan qaraymiz, biz shunchaki ittifoqchi emasmiz, biz eng yaqin ittifoqchilarmiz», — dedi Putin.
Rossiya rahbari, shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston hozirgi vaziyatdagi barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘zi uchun muhim bo‘lgan masalalarni hal qila olishiga umid bildirdi.
Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya rahbarining tashrifini muvaffaqiyatli deb bilishini ta’kidladi.
Shuningdek, qozog‘istonlik hamkasbi bilan uchrashuvda Putin Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik ishonchli tarzda rivojlanayotganini qayd etib o‘tdi.
Putin Qozog‘iston rahbarining qarorgohiga bugun ertalab yetib keldi. Rossiya prezidenti To‘qayev bilan muzokaralar olib boradi, shundan so‘ng ular hujjatlarni imzolaydi. Kun tartibidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va dolzarb xalqaro muammolar ham muhokama qilinadi. Qozog‘iston prezidenti nomidan Rossiya rahbari sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring