Foto: Google Images
Qurolli dron AQSH va xalqaro kuchlar joylashgan Iroqdagi al-Harir aviabazasiga zarba berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi. Qayd etilishicha, bazaning infratuzilmasiga jidiiy zarar yetkazilgan.
Avvalroq Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx 17-oktyabrdan 7 noyabrgacha AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlariga 40 marta hujum qilinganini ma’lum qilgandi. 22 ta hujum Iroqda, 18 tasi esa Suriyada sodir etilgan.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga qilingan hujumlar uchun javob zarbasi berilishini ma’lum qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar