date
views 676

OAV: Moskva aeroportida xorijliklarni tintuv va so‘roq qilish boshlangan

OAV: Moskva aeroportida xorijliklarni tintuv va so‘roq qilish boshlangan

Foto: Moscow Times

Moskvaga uchib kelgan chet el fuqarolari aeroportda uzoq davom etadigan so‘roq va tintuvlardan o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda  Rossiya-Ukraina urushi boshlanishidan oldin Russia Today telekanalida ishlagan britaniyalik jurnalist Jonni Tikli xabar bergan.

«Domodedovo aeroportidan qoching. Moskvaga qo‘nganimdan so‘ng yarim soatlik so‘roqni qo‘shib hisoblaganda to‘rt soat mobaynida kutishimga to‘g‘ri keldi. Sentyabrda Vnukova orqali kelganimda hech qanday savol-javobsiz bojxonadan o‘tib ketgandim», deb yozgan Tikli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Domodedovo aeroportida xorijliklar duch kelayotgan xuddi shunday muammolar haqida Buyuk Britaniya va AQSHning boshqa fuqarolari ham xabar berishgan.

«Bojxonachilar aeroportda telefonimni ham titib chiqishdi. Uni Bluetooth orqali boshqa qurilmaga ulashdi va bir necha daqiqa davom etgan tekshiruvlardan so‘ng telefonim mutlaqo toza ekaniga ishonch hosil qilishdi», deya qo‘shimcha qilgan jurnalist.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Moskva aeroportida xorijliklarni tintuv va so‘roq qilish boshlangan