Kiyevdan Yevropadagi yirik ittifoqchisi yuz o‘girdi

Kiyevdan Yevropadagi yirik ittifoqchisi yuz o‘girdi

Fransiya Ukrainaga o‘zining qurol-aslaha omboridan qurol yetkazib berishni bas qilmoqchi. Bu haqda Fransiya Qurolli kuchlarpi vaziri Sebastyen Lekornyu LCI telekanali efirida ma’lum qildi, deya yozadi RT.

Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev qurol-yarog‘ uchun Parij 200 million yevro sarmoya kiritgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning maxsus jamg‘armasidan pul to‘lashi kerak.

Vazir Ukrainaga harbiy yordam miqdori uch milliard dolllar atrofida ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 noyabr kuni Slovakiya hukumati Ukrainaga 40,3 million yevrolik yangi harbiy yordamini bloklagan edi. AQSHning “The Washington Post” gazetasi bu qaror Kiyevning NATOdagi tarafdorlarining charchaganidan dalolat berishi haqida yozgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar