16:00 / 17.11.2023
773

G‘azo sektori «yana bir baloga yo‘liqdi»

G‘azo sektori «yana bir baloga yo‘liqdi»

Mavjud energiya resurslari yo‘qligi sababli G‘azo sektoridagi barcha telekommunikatsiyalar ishlamay qoldi. Bu haqda Falastinning Raltel telekommunikatsiya kompaniyasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi barcha energiya manbalari tugashi munosabati bilan G‘azo sektoridagi barcha telekommunikatsiya xizmatlari o‘z faoliyatini to‘xtatganini hamda yoqilg‘i importi taqiqlanganini afsus bilan ma’lum qilamiz», — deyiladi bayonotda.

Falastinliklar va Isroil o‘rtasidagi bir necha o‘n yillardan beri davom etgan mojaroning bu safargi keskinlashuvi allaqachon barcha davrlarning eng qonlisiga aylandi.

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 11,5 ming kishidan oshdi, 29 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo