Moskva markazida joylashgan bank yaqinida qurollangan kishilar o‘t ochib, 300 million rublga (≈37 mlrd so‘m) yaqin pulni o‘g‘irladi. Bu haqda RIA Novosti huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib xabar berdi.
Ba’zi manbalar hujum Presnenskiy Valdagi bank yaqinida sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ikki kurer Rossiya moliya banki yonidan pul solingan qoplarni olib o‘tayotganida, ularning yonida qora «Mersedes» mashinasi to‘xtagan. Uning ichidan tushgan uch nafar shaxs kurerlarga qarata travmatik to‘pponchadan o‘q uzgan. Shundan so‘ng ular pulni olib, g‘oyib bo‘lishgan. Kurerlardan biri jarohat olgani aytilmoqda.
Xabarga ko‘ra, shahar politsiyasi jinoyatchilarni izlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar