09:19 / 18.11.2023
409

Erdo‘g‘an Falastin muammosini hal qilish yo‘lini aytdi

Erdo‘g‘an Falastin muammosini hal qilish yo‘lini aytdi

Foto: Global Look Rress

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Falastin muammosini hal qilish muqarrar ekanini va buning yagona yo‘li borligini aytdi.

«Isroil va Falastin o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik Falastin mojarosini 1967 yilgi chegaralar doirasida ikki davlat mavjudligi tamoyili asosida hal qilishning muqarrarligini tasdiqladi», dedi Turkiya rahbari.

U ikki davlat ham tan olinishi kerakligini, ammo Sharqiy Quddus Falastin poytaxti bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida garovga olinganlarni almashish zaruratini baholab, yahudiy davlatida ularning soni sezilarli darajada ko‘pligini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, G‘azo sektoridagi mojaro tomonlari garovga olinganlarni almashishi kerak. Shu bilan birga, u Isroilda HAMAS harakatiga nisbatan garovga olinganlar bir necha barobar ko‘pligiga e’tibor qaratdi.

«Agar buni tan olmasak, adolatsizlik bo‘lardi», deb xulosa qildi Turkiya rahbari.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo