Avstraliyada ikki samolyot havoda to‘qnashib ketdi, ulardan biri ko‘rfazga quladi

Avstraliyada ikki samolyot havoda to‘qnashib ketdi, ulardan biri ko‘rfazga quladi

Foto: Google Images

Marta tog‘idan qariyb 12 km g‘arbda joylashgan Port-Phillip ko‘rfazida sodir bo‘lgan hodisaga favqulodda xizmatlar mahalliy vaqt bilan 14:45 da chaqirilgan. Avstraliya dengiz xavfsizligi boshqarmasi ikkita VirerS-211 Marchetti samolyoti to‘qnashganini va ulardan bittasi suvga qulaganini tasdiqladi. Samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan.

Ichida uchuvchi va yo‘lovchi bo‘lgan ikkinchi samolyot Essendon aeroportiga eson-omon qo‘ndi.

Uchta qutqaruv vertolyoti halokat sodir bo‘lgan hududni suv politsiyasi va ko‘ngilli dengiz qutqaruv bo‘linmalari bilan nazoratdan o‘tkazmoqda. Hozircha samolyotning bir necha qoldiqlari topildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari tong otguncha davom etadi. Hodisa Avstraliya transport xavfsizligi byurosi tomonidan tekshirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar