21:11 / 19.11.2023
215

Fransiya yangi M51 qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Fransiya yangi M51 qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Foto: Google Images

Fransiya Mudofaa vazirligi yangilangan M51 strategik ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi.

Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu M51 strategik ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganiga katta mamnuniyat bildirdi. Raketa, rejalashtirilganidek, Shimoliy Atlantika okeaniga, qirg‘oqdan yuzlab kilometr uzoqlikdagi hududga qo‘ndi”, — deyiladi vazirlikning bayonotida.

Fransiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, sinovlar “xalqaro qonunlarga to‘liq muvofiq holda” o‘tkazilgan hamda “yaratilgan raketa va barcha yadroviy tiyib turish kuchlarning samaradorligini ko‘rsatgan”.

M51 - fransuz suv osti kemasidan uchiriladigan qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan ballistik raketa. Bu raketani yaratish ishlari 1990 yillarning boshlarida boshlangan. 2010 yillarda raketa Fransiya qurolli kuchlari tomonidan qabul qilingan.

Dastlabki loyiha maksimal 11 ming km masofani ko‘zda tutgan edi, ammo keyinchalik texnik qiyinchiliklar tufayli u 9 ming km gacha qisqartirildi. Raketalarning navigatsiya tizimi Galileo sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo