date

Yaponlar ko‘zni yoshlantirmaydigan piyoz etishtirishmoqchi

Yaponlar ko‘zni yoshlantirmaydigan piyoz etishtirishmoqchi

Yaponiyalik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar piyozning yangi navini yaratishdi. Piyoz to‘g‘ralganda, ko‘zni yoshlantirmaydigan xususiyatga ega. “Xokkaydo simbun” nashriyotining ma’lum qilishicha “ko‘zni yoshlantirmas” piyozlar Yaponiyadagi do‘kon rastalarida kuz faslidan boshlab sotuvga chiqariladi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Oddiy piyozni to‘g‘raganda, uning ba’zi hujayralarida butunlik yo‘qoladi, oqibatida piyozdan oltigugurt dioksidi gazi ajralib chiqadi. Bu gaz ko‘zning yumshoq to‘qimalariga tushib, ko‘z yoshini chaqiradi. Yaponiyalik olimlar 20 yil mobaynida piyoz hujayralari ustidan o‘tkazgan tajribalaridan shunday o‘simlikni, deyarli o‘sha gazni ajratmaydigan turini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, “Kulib turuvchi shar” nomi berilgan piyozning yangi navi ko‘rinishi jihatidan hozirgi piyozlaridan deyarli farq qilmaydi. Ammo uning hidi yo‘q va mazasi nisbatan shirinroq hamda olma yoki nokni mazasiga yaqinroq ekan. Shuning uchun uni salatlarda ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bir o‘ramining narxi taxminan 450 yen (4,3 AQSh dollari), ya’ni oddiy piyozdan ikki baravar qimmatroq. Reja bo‘yicha bu yilda 10 tonna atrofidagi “ko‘zni yoshlantirmas” piyozlar sotilishi kutilmoqda. 2019 yilga borib sotish hajmi 1000 tonnagacha etishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘zni yoshlantiruvchi oddiy piyozlar bilan kurashishda esa an’anaviy usullar mavjud. Masalan, piyozni to‘g‘rashdan avval uni muzlatgichda ma’lum muddat ushlab turish mumkin. Bundan tashqari piyozni suvning ichida to‘g‘rash mumkin, bu orqali havoga oltigugurt dioksidi gazi tushishining oldi olinadi. Shu bilan birga piyozni ildiziga taqab kesish tavsiya qilinmaydi, chunki xuddi shu qismida ko‘zni yoshlantiruvchi moddaning asosiy qismi jamlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponlar ko‘zni yoshlantirmaydigan piyoz etishtirishmoqchi