Foto: Reuters
Isroil Germaniya bilan Arrow 3 havo mudofaa tizimini sotish bo‘yicha taxminan 3,6 milliard dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.
“Mudofaa vazirligi bosh direktori, general mayor Eyal Zamir bugun Germaniyaga 13 milliard shekeldan (taxminan 3,6 milliard dollar) ortiq qiymatdagi Arrow 3 majmuasini sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Germaniya va Isroil 2023 yil aprelida Arrow 3 havo mudofaa tizimini sotish imkoniyatini muhokama qilishni boshlagandi.
Noyabr oyi boshida Germaniya hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 4 milliard yevroga qo‘shimcha ravishda yana 4 milliard yevro ajratishga qaror qilgani xabar berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar