Tailandlik paralimpiyachi Chaturong Suksuk to‘y paytida o‘zi uylanayotgan qiz va yana uch kishini otib o‘ldirdi.
BBS xabar berishicha, 29 yoshli sportchi voqea sodir bo‘lishidan biroz oldin marosimni qattiq mast holatda tark etgan. Keyin u qurol bilan qaytib kelib, o‘z joniga qasd qilishdan oldin kelin, uning onasi, singlisi hamda mehmonlardan birini otgan. Bunga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda.
Tailand OAVlari to‘y chog‘ida er-xotin janjallashgani haqida xabar bergan.
Suksuk sobiq harbiy xizmatchi. Qayd etilishicha, u o‘tgan yili qonuniy yo‘l bilan qurol va o‘q-dorilarni sotib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar