Foto: Tengrinews.kz
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Olmaotadagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hostelda asosan talabalardan iborat 72 kishi yashagan. Hostel yerto‘lasi koridoridan boshlangan yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning 2 nafari, ya’ni 2000 yilda tug‘ilgan N.A. va 2000 yilda tug‘ilgan S.K. O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mazkur holat O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan. Vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr tongida Olmaotadagi hostelda yong‘in ro‘y berib, uning oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan. Hostelda jami 72 kishi bo‘lgan, ulardan 59 nafari voqea joyidan mustaqil ravishda chiqib keta olgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring