22:12 / 01.12.2023
313

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik rahbari fohishalarga borgan amaldorlar suratini ko‘rsatish bilan tahdid qildi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik rahbari fohishalarga borgan amaldorlar suratini ko‘rsatish bilan tahdid qildi

Foto: Manas News

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev intim xizmat ko‘rsatish uchun fohishaxonalarga borgan amaldor va tadbirkorlarni fosh qilishga va’da berdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Tashiyev amaldorlarning mavqeyiga qaramay, ularning yuzlarini ochishini ma’lum qildi.

Biz u yoki bu amaldor, tadbirkor, deputatning bunday ishlarga aloqasi borligini ko‘rsatamiz. Men hammani ogohlantiraman, toki biz bunday ishlarga qarshi kurashishimizni bilsin”, — dedi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

U boshqarma kimlar fohishaxonalarga borishi va fohishalar xizmatidan foydalanishini aniqlaganini aytdi. Ular orasida Jo‘qorg‘u Kenesh deputatlari, sobiq deputatlar, deputatlarning yordamchi va maslahatchilari, amaldagi amaldorlar, tadbirkorlar, davlat va jamoat arboblari bor.

Tashiyev Qirg‘izistonda hech kim qirg‘iz ayollarining intim xizmatlaridan foydalana olmasligini ta’kidladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo