date
views 604

Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi Marinka shahrini to‘liq egallab oldi

Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi Marinka shahrini to‘liq egallab oldi

Kollaj: Bild

Germaniyaning Bild gazetasi harbiy tahlilchisi Yulian Ryopke Rossiya armiyasi Marinkani to‘liq qo‘lga kiritganini aytdi.

20 oylik shiddatli hujumlardan so‘ng Rossiya armiyasi Donetsk viloyatidagi Marinka shahrini to‘liq egallab oldi. Oxirgi ukrainalik himoyachilar bir vaqtlar tinch osoyishta bo‘lgan 10 700 nafar aholiga ega bo‘lgan, hozir esa xarobaga aylangan shahardan chiqarildi”, — dedi Yulian Ryopke.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Rossiya harbiylari Marinkaning g‘arbiy chekkasiga siljigani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, ba’zi Telegram kanallari Marinka to‘liq qo‘lga olinganini, boshqalari esa shaharning chekkasida hali ham janglar davom etayotganini da’vo qilgan.

Ukraina bu ma’lumotga izoh bermadi yoki tasdiqlamadi. Rossiya Mudofaa vazirligi Marinka bo‘yicha hozircha hech qanday bayonot bermadi.

Rus qo‘shinlari 2022 yildan boshlab Marinka shahriga hujumga o‘tdi, shaharning katta qismini egallab oldi va Ukraina qurolli kuchlari qo‘lida qolgan g‘arbiy qismi uchun jang qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi Marinka shahrini to‘liq egallab oldi