18:32 / 03.12.2023
214

Buyuk Britaniya G‘azo sektoriga razvedka samolyotlarini uchiradi

Buyuk Britaniya G‘azo sektoriga razvedka samolyotlarini uchiradi

Foto: Corporal Steve Buckley 

Buyuk Britaniya havo kuchlari samolyotlari G‘azo sektori ustidan garovga olinganlarni qidirish uchun parvoz qiladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Britaniya tomoni garovga olinganlarni, jumladan, o‘g‘irlab ketilgan Britaniya fuqarolarini ozod qilishni ta’minlash uchun hamkorlik qilmoqda.

“Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Sharqiy O‘rta Yer dengizi, jumladan, Isroil va G‘azo havo hududi ustidan kuzatuv parvozlarini amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda.

Samolyotlar qurolsiz bo‘lib, jangovar topshiriqlarni bajarmasligi, ularning maqsadi faqat garovga olinganlarni qidirishdan iboratligi ma’lum qilindi.

7 oktyabrdan beri davom etayotgan janglarda G‘azoda 15 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 1200 ga yaqinlashdi. Xalqaro vositachilar, shu jumladan, Qatar, Misr va AQSH tomonlar o‘rtasida sulhni qayta tiklashni va o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Keyinroq Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Falastin o‘rtasida sulhga qaytish maqsadida muzokaralar davom etayotganini xabar qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo