Filippinda 6,6 magnitudali zilziladan keyin kamida 14 ta yer silkinishi qayd etildi. Ularning magnitudasi 3 dan 5,6 ballgacha bo‘lgan. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, 2 dekabrdan beri sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Binolar yoki infratuzilmaga yetgan zararlar miqdori haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr, shanba kuni Filippinda 7,5 magnitudali zilzila qayd etildi. Shundan so‘ng, mamlakat janubi-sharqida, shuningdek, Yaponiyada sunami xavfi e’lon qilindi.
Bir kun avval Chili va Indoneziyada ham zilzilalar qayd etilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar