Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga qarshi korrupsiya bo‘yicha sud jarayoni ikki oylik tanaffusdan so‘ng davom ettirildi.
Bu Isroil adliya vaziri Yaris Levin 1 dekabrda e’lon qilingan favqulodda holatni bekor qilganidan keyin yuz berdi, deb yozadi CNN.
Netanyahuning sud jarayoni ilk bor 2020 yil yanvarida boshlangan va u firibgarlik, vakolatini suiiste’mol qilish va poraxo‘rlikda ayblanib sudlangan Isroilning birinchi amaldagi bosh vaziri bo‘lgandi. U o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni rad etib keladi.
Birinchi holatda, u xorijdagi tadbirkorlardan tamaki va vino mahsulotlari kabi sovg‘alar olgani haqidagi da’volar bo‘yicha firibgarlik va vakolatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.
Ikkinchi holatda esa asosiy raqobatchining tirajini cheklash evaziga Isroilning yetakchi gazetalaridan birida o‘zini maqtab yoritishga intilishda ayblanmoqda.
Yana bir jiddiy holat: u telekommunikatsiya kompaniyasining nazorat paketi egasi bo‘lgan do‘sti Shaul Yelovichga o‘sha paytdagi 250 million dollar ekvivalentidagi tartibga soluvchi imtiyozlarni taqdim etgani uchun poraxo‘rlik, firibgarlik va vakolatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.
Netanyahu bu ayblovlarni Isroil liberal va media elitasining u va uning o‘ng qanot blokini ag‘darib tashlashga urinishi deb atagan. Isroil qonunlariga ko‘ra, u aybdor deb topilmasa, lavozimidan ketishi shart emas va bu hukm apellyatsiya jarayoni davomida o‘z kuchida qoladi.
Ayni vaqtda Yaqin Sharqda urush davom etmoqda. G‘azo Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumlari boshlangandan beri halok bo‘lganlar soni 16 mingga yaqinlashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring