06:00 / 07.12.2023
127

Netanyaxu: “G‘azo sektori demilitarizatsiya qilinishi kerak”

Netanyaxu: “G‘azo sektori demilitarizatsiya qilinishi kerak”

Foto: Reuters

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushdan keyin G‘azo sektori Isroil armiyasi nazoratida qolishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Netanyaxu matbuot anjumanida G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish kerakligini aytdi.

Buni ta’minlaydigan yagona kuch bu Isroil mudofaa kuchlari. Buning uchun hech qanday xorijiy kuch javobgar bo‘la olmaydi. Ko‘zlarimni yumib, boshqa taklifni qabul qilishga tayyor emasman”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxu urushni tezroq tugatishga harakat qilayotgan Isroilning chet ellik do‘stlariga alohida murojaat qildi.

Urushni tugatish va uni tezda tugatishning yagona yo‘li — HAMASga qarshi keskin kuch ishlatishdir”, — dedi u.

Shuningdek, Netanyaxu Isroil armiyasi bu maqsad sari muvaffaqiyatli harakat qilayotgani, xususan, HAMAS bataloni komandirlarining qariyb yarmini allaqachon o‘ldirilganini aytdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo