13:22 / 07.12.2023
169

Rossiyada prezident saylovi 2024 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi

Rossiyada prezident saylovi 2024 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi

Foto: Sputnik / Aleksey Mayshev

Federatsiya kengashi 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda Rossiyada prezidentlik saylovlarini tayinlash masalasini ko‘rib chiqdi. Tegishli masala kun tartibining boshida. Yig‘ilishda ishtirok etish uchun Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova taklif etildi.

Yig‘ilish davomida Rossiyada prezident saylovi 2024 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi Federatsiya kengashi tomonidan ovoz berish kunidan 100 kun oldin tayinlanadi. Rossiya prezidenti saylovi uchun ovoz berish kuni sifatida davlat rahbarining avvalgi umumiy saylovlarida ovoz berish o‘tkazilgan oyning ikkinchi yakshanbasi tanlanadi.

Kelgusi yil mart oyining ikkinchi yakshanbasi 10-kunga to‘g‘ri keladi va 8 mart kungi bayramni o‘z ichiga olgan hafta tugaydi. Shuning uchun saylovlar kelasi yakshanba, 17 martga belgilangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo