date
views 389

Erdo‘g‘on Netanyaxu nega G‘azoda “genotsid boshlaganini” tushuntirdi

Erdo‘g‘on Netanyaxu nega G‘azoda “genotsid boshlaganini” tushuntirdi

Foto: AP Photo

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu siyosiy faoliyatini uzaytirish va Isroilda o‘ziga qarshi ochilgan sud jarayonidan qochish uchun G‘azo sektorida “genotsid sodir etganini” aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

2016 yil dekabr oyidan beri Netanyaxuga qarshi korrupsiya, shaxsiy va hukumat manfaatlarini noqonuniy lobbi qilish bo‘yicha bir necha jinoiy tergov qo‘zg‘atilgan. 2020 yil may oyida ushbu ishlar bo‘yicha sud jarayoni boshlangan.

Bu hafta ommaviy axborot vositalari Netanyaxuning korrupsiya ayblovlari bo‘yicha haftalik tinglovlar soni uchdan ikkiga qisqartirilishini xabar qildi. Chunki u va uning jamoasi qurolli mojaro avj olgan bir paytda tinglovlarga tayyorgarlik ko‘rolmaydi.

Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, uch mingga yaqin turkiyalik advokat Netanyaxu va boshqa isroillik siyosatchilar ustidan Xalqaro jinoiy sudga da’vo arizasi bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Netanyaxu nega G‘azoda “genotsid boshlaganini” tushuntirdi