00:00 / 09.12.2023
203

AQSH Yaqin Sharqda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamadi

AQSH Yaqin Sharqda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamadi

Foto: Reuters

Amerika tomoni G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki bu “keyingi urush urug‘ini sepadi”. Bunday pozitsiyani AQSHning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vud Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishida bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar isroilliklar ham, falastinliklar ham xavfsiz yashashi mumkin bo‘lgan mustahkam tinchlikni qat’iy qo‘llab-quvvatlasa-da, biz zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamaymiz. Bu faqat keyingi urush urug‘ini sepadi, chunki HAMAS harakati uzoq muddatli tinchlikni va ikki davlat yaratish yechimini istamaydi”, — dedi u.

Vud, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar “qolgan garovga olinganlarni ozod qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotganini” qo‘shimcha qildi. “Urush G‘azo sektoridagi tinch aholi uchun ham fojia. Ular ko‘rayotgan azob-uqubatlar ko‘lami halokatli va yurakni ezuvchi”, — deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Rossiya Federatsiyasining jahon tashkilotidagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi ikki oydan beri G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmaganidan Rossiya nihoyatda hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo