19:07 / 09.12.2023
386

Parijda Muhammad (s.a.v) haqidagi karikatura uchun o‘qituvchini o‘ldirishda ishtirok etgan besh o‘smirga hukm o‘qildi

Parijda Muhammad (s.a.v) haqidagi karikatura uchun o‘qituvchini o‘ldirishda ishtirok etgan besh o‘smirga hukm o‘qildi

Foto: AFP

Parij sudi 2020 yilda o‘qituvchi Samyuyel Patining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblanayotgan olti nafar maktab o‘quvchisi ishi bo‘yicha qaror chiqardi, deb xabar bermoqda BFMTV.

Pati o‘ldirilgan vaqtda 13—15 yosh oralig‘ida bo‘lgan o‘smirlar ishi bo‘yicha sud majlislari ikki hafta davomida yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

O‘qituvchini ta’qib qilishda ayblangan maktab o‘quvchisi 18 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud qolgan o‘smirlarni og‘ir zo‘ravonlik uchun til biriktirganlikda aybdor deb topdi. Ularning to‘rt nafari 14 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Parij sudi eng og‘ir jazoni o‘qituvchining ortidan josuslik qilgan va qotilga uning qayerda ekani haqida ma’lumot bergan o‘smirga tayinladi. Reuters xabariga ko‘ra, u 24 oyga: olti oy uy qamog‘i va 18 oy shartli muddatga hukm qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Fransiyada tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga Charlie Hebdo nashri tomonidan chop etilgan Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikatura suratini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi chechenistonlik muhojir tomonidan o‘ldirib ketilgan.

Bu voqea Fransiyada keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. O‘ldirilgan o‘qituvchi bilan vidolashish marosimida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat so‘z erkinligidan, jumladan karikatura borasidagi erkinlikdan voz kechmasligini ma’lum qilgan. Fransiya prezidentining mazkur bayonoti ortidan Yaqin Sharqdagi ba’zi mamlakatlarda Fransiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni boykot qilish boshlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo