Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Foto: Kazinform

Qozog‘istonda 9 dekabr kuni sovuq tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobusdan 28 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtobus noqulay ob-havo sababli Oqmola viloyatida, Ostona—Petropavlovsk avtomobil yo‘lining nazorat-o‘tkazish punktida to‘xtab qolgan. Evakuatsiya qilinganlarning  26 nafari Tojikiston, ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Yo‘lovchilardan birining aytishicha, fuqarolar avtobusda 3 soatdan ortiq to‘xtab qolgan. Ular Kokshetau shahridagi isinish punktiga olib kelinib, ovqat va yotoq bilan ta’minlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar