23:17 / 10.12.2023
155

Hududiy kelishmovchilik: Venesuela va Gayana prezidentlari uchrashadi

Hududiy kelishmovchilik: Venesuela va Gayana prezidentlari uchrashadi

Foto: Franse24

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va Gayan prezidenti Muhammad Irfaan Ali kelasi hafta ikki davlat o‘rtasidagi hududiy kelishmovchilik fonida uchrashadi. Bu haqda ikki davlat bosh vazirlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ikki tomonlama uchrashuv haqidagi e’lon Maduro Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyatining (CELAC) muvaqqat prezidenti Gonkalves, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan suhbatlashganidan keyin e’lon qilindi. So‘nggi haftalarda Venesuela va Gayana o‘rtasidagi taranglik Gayanadagi yirik neft va gaz topilgan Essekibo hududi bo‘yicha uzoq davom etgan chegara mojarosi tufayli kuchaydi.

Venesuela hukumati ushbu uchrashuv “Lotin Amerikasi va Karib dengizini tinchlik hududi sifatida saqlashga bo‘lgan sadoqatimizni kuchaytiradi”, dedi.

Gayana prezidenti ofisi Alining uchrashuvga rozi bo‘lganini tasdiqladi, biroq mamlakatning quruqlikdagi chegarasi muhokama qilinmayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Maduro 6 dekabr kuni qo‘shni Gayananing bir qismi — Essekiboni Venesuelaning 24-shtati deb rasman e’lon qilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo