09:51 / 11.12.2023
513

London: Rossiya Ukraina energetikasini yo‘q qilish kampaniyasini boshladi

London: Rossiya Ukraina energetikasini yo‘q qilish kampaniyasini boshladi

Rossiya armiyasi Ukrainaning energetika infratuzilmasini yo‘q qilish uchun navbatdagi qishki kampaniyani boshlagan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Britaniya harbiy razvedkasi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan 10 dekabr, yakshanba kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan kundalik hisobotida aytilishicha, gap ikki oydan ortiq tanaffusdan so‘ng strategik samolyotlardan foydalangan holda yangi zarbalar berish haqida ketmoqda.

Hisobot mualliflari ta’kidlaganidek, 7 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya Harbiy-havo kuchlari 2023 yil 21 sentyabrdan beri birinchi marta «og‘ir bombardimonchi samolyotlardan foydalangan holda Kiyev va markaziy Ukrainaga kuchli hujumlar amalga oshirdi». Tu-95 ekanligi taxmin qilinayotgan bu samolyotlar Kaspiy dengizi ustida joylashgan hududdan kamida 16 ta qanotli raketalarni uchirdi. Ehtimol, bu X-101 raketalari bo‘lgan (NATO tasnifiga ko‘ra - AS-23a KODIAK).

«Rossiya qishki kampaniyada foydalanish uchun bu raketalarni zaxiralab qo‘ygan. Bu, ehtimol, Ukrainaning energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan Rossiya kampaniyasining boshlanishidir», - deyiladi razvedka hisobotida. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, hujumdan ko‘rilgan zarar «minimal», chunki raketalarning aksariyati Ukraina havo mudofaasi tomonidan muvaffaqiyatli tutib olingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo