date
views 822

Nyu-York – Toshkent reysi bortida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Nyu-York – Toshkent reysi bortida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Hodisa bugun, 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo‘ldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yo‘nalish bo‘ylab muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan.

Qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan tushirilgan.

Kerakli proseduralar amaga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.

HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York – Toshkent reysi bortida noxush hodisa sodir bo‘ldi