18:11 / 12.12.2023
449

Zelenskiy AQSH Kongressida Ukrainaga yordam bo‘yicha kelishmovchiliklar oqibatidan ogohlantirdi

Zelenskiy AQSH Kongressida Ukrainaga yordam bo‘yicha kelishmovchiliklar oqibatidan ogohlantirdi

Foto: “President.gov.ua”

AQSH Kongressining Ukrainaga yangi yordam paketini ma’qullashdagi kechikishlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni faqat ilhomlantirishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtondagi AQSH Milliy mudofaa universitetida qilgan chiqishida gapirdi.

Agar Kapitoliy xoldagi hal etilmagan muammolardan kimdir ilhomlanishi mumkin bo‘lsa, bu Putin va uning kasal mulozimlari. Ular kechikish va janjallarga qarab, orzulari haqiqatga aylanayotganini ko‘rishadi. Ular ozodlik kurashchilarini qo‘llab-quvvatlash kamayganini ozodlikning kamayishi deb biladi. Putinga o‘xshaganlar ozodlikni mag‘lub etishga umid ham qilmasligi kerak”, — dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya Ukrainani “ozodlikka qarshi global urush” uchun tramplin sifatida qabul qilishini aytdi.

Vladimir Zelenskiy 11 dekabr kuni AQSHga tashrif bilan keldi. Bu Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Ukraina prezidentining Vashingtonga uchinchi tashrifi bo‘ldi.

Zelenskiy AQSH Milliy mudofaa universitetida nutq so‘zlashdan tashqari, Pentagon rahbari Lloyd Ostin, Amerika harbiy kompaniyalari vakillari, shuningdek, XVJ va Jahon banki rahbariyati bilan uchrashdi. 12 dekabr kuni Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazadi va senatorlar yig‘ilishida nutq so‘zlaydi.

Zelenskiyning tashrifi AQSH Kongressidagi ichki siyosiy kelishmovchiliklar va Ukrainaga yangi yordamni moliyalashtirish masalasida kechiktirilgan qarorlar fonida amalga oshirilmoqda. Bayden ma’muriyati Kiyev uchun 60 milliard dollardan ko‘proq yordam so‘radi, chunki ilgari ajratilgan mablag‘ poyoniga yetmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo