Foto: iha.com.tr
Turkiya Eron bilan chegarada 295 kilometrlik beton devor qurilishini yakunladi. U noqonuniy muhojirlarning chegarani kesib o‘tishini, kontrabanda faoliyati va ehtimoliy terrorchilarning kirib kelishining oldini olish uchun barpo etilgan.
Chegara chizig‘i uchuvchisiz uchish apparatlari va optik minoralar yordamida doimiy nazorat ostida ekani ta’kidlanmoqda. Chegara xavfsizligini eng yuqori darajada ushlab turish uchun chegarachilar zirhli transport vositalaridan foydalangan holda patrullik qilmoqda.
Qo‘riqlash minoralari kameralar bilan jihozlangan, xandaqlar bilan qo‘llab-quvvatlangan. Chegara qo‘shinlari kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun xavfsizlik devori yo‘nalishida patrullik qilish orqali chegara xavfsizligini ta’minlamoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring