
Foto: AP Photo
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask odamlar boshqa sayyoralarda yashashi kerakligini aytdi. Xususan, u Mars va Oyni tilga oldi. Bu haqda Mask X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
“Insoniyatning Oyda bazasi, Marsda shaharlari bo‘lishi kerak, yulduzlar orasida ham!” — dedi Mask.
U aka-uka Raytlar tomonidan yaratilgan samolyotning birinchi parvozidan insonlar Oyga qo‘nguniga qadar bor-yo‘g‘i 66 yil o‘tganini, Oyga oxirgi qo‘nishdan keyin esa yarim asr o‘tganini ta’kidladi.
“Bunday uzoq davr sivilizatsiya sifatida insoniyatning eng yuqori yutug‘i bo‘la olmaydi”, — deb qo‘shimcha qildi Mask.
Avvalroq tadbirkorning SpaceX kompaniyasi bortida odamlar bor Starship raketasining Marsga birinchi parvoz qanday ko‘rinishi haqida videoni yaratgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.