18:38 / 18.12.2023
349

Kuvaytni dunyodagi eng keksa valiahd shahzoda boshqaradi

Kuvaytni dunyodagi eng keksa valiahd shahzoda boshqaradi

Foto: kuwaittimes.com

Mishaal al-Ahmad al-Jobir Ol Saboh Kuvaytning yangi amiri bo‘ldi. U 83 yoshda va dunyodagi eng keksa valiahd shahzoda hisoblanadi.

Sobiq amir shayx Navof al-Ahmad al-Jobir Ol Saboh 16 dekabr, shanba kuni 87 yoshida vafot etgan edi. Shundan so‘ng, mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilindi, davlat muassasalari uch kunga yopildi.

Shayx Navof Kuvayt amiri sifatida atigi uch yil xizmat qildi. U 2020 yil sentyabrida taxtga o‘tirdi. Shu vaqtda o‘gay ukasi, 1940 yilda tug‘ilgan Mishaalni valiahd shahzoda etib tayinladi.

Mishaal xuddi shayx Navof kabi 1921-1950 yillarda Kuvaytni boshqargan amir Ahmad al-Jobir Ol Sabohning o‘g‘lidir. U butun umri davomida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo