Ukraina qo‘shinlari artilleriya snaryadlari taqchilligini boshdan kechirmoqda va xorijiy yordam kamaygani sababli bir qator operatsiyalarni qisqartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Ukraina qo‘shinlarining "Tavriya" operativ-strategik guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiy ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"O‘q-dorilar, ayniqsa postsovet (snaryadlar) bilan bog‘liq muammo bor - 122 va 152 millimetr. Va bugungi kunda bu muammolar butun front chizig‘ida mavjud ... Bugungi kunda mavjud bo‘lgan hajmlar (xorijiy yordam – tahr.) ehtiyojlarimizni hisobga olsak, bizga yetmaydi. Shuning uchun biz ularni qayta taqsimlaymiz. Biz o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni boshqa vaqtga o‘tkazmoqdamiz va ularni kichraytirmoqdamiz, chunki ularni ta’minlashimiz kerak”, — dedi Tarnavskiy Reyter agentligiga bergan intervyusida.
Uning qayd etishicha, ayni damda frontda turgan shaxsiy tarkib bilan muayyan qiyinchiliklar mavjud. "Ha, bugungi kunda ular unchalik yangi emas, unchalik dam olishmagan", — deb ta’kidladi Tarnavskiy.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring